Русский
O'zbekcha
English

 

Lavash — Armanistondan kelib chiqqan an’anaviy mahsulot

Lavash oval shaklidagi, qalinligi 0.2-0.5 sm bo‘lgan yupqa, uzunligi o‘rtacha 90-110 sm, eni esa 40-50 sm bo‘lgan, og‘irligi 250 grammdan ortiq bo‘lmagan non turidir. Lavash sovishiga qadar ilingan holatda saqlanadi, sovigandan keyin esa 8-10 qatorli to‘plamlarga taxlanadi. Havoda u tezda quriydi va qurigan holatda juda uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin.
Lavashni bug‘doy (o‘tmishda esa alohida navdagi arpa unidan) tayyorlab, an’anaviy “tonir” (yoki “tandir”) pechlarida pishirishadi.
Oddiy ko‘rinishida tarkibi ham juda foydali bo‘lgan lavashni uzoq arman qishloqlarida yirik yanchilgan undan tayyorlashadi.
Lavash ko‘p o‘ziga xos jihatlarga ega nondir. Uning betakror, oson taniladigan va o‘ziga xos ta’mi bo‘lib, shu bilan birga tayyorlanishda ko‘p mahsulot talab etmaydi. Arman lavashini tayyorlash retsepti juda qadimgi bo‘lsa-da, nafaqat yuz, balki ming yilliklar mobaynida deyarli o‘zgarmay kelmoqda. Va nihoyat, uning barcha afzalliklari qatorida uni haqli ravishda eng foydali non turi deb atash ham mumkin.
Zamonaviy hayotda lavash toza arman taomi deb hisoblanadi, chunki aynan arman oshxonasida u asosiy non mahsuloti sifatida qo‘llaniladi. Dunyo bo‘ylab ham u aynan Kavkaz orti mintaqasidan tarqalgan. Darvoqe, “lavash” nomining ma’nosi turkiy tildan tarjima qilinganda “sahiy yegulik” ma’nosini anglatib, qadimgi oshpazlarning uning tarkibi naqadar foydali ekanligini bilganliklaridan dalolat beradi.
Arman lavashi qanday tayyorlanadi? Asl ko‘rinishda u suvda qorilgan oddiy bug‘doy unidan tayyorlanadi. Arman lavashining tarkibiga kamdan kam hollarda tuz qo‘shiladi, chunki lavash u qo‘shib tortilayotgan taom ta’mini o‘zgartirmasligi kerak deb hisoblanadi. Arman lavashini tayyorlashning an’anaviy retseptida albatta achitqi bo‘lishi lozim. Odatda achitqi sifatida oldingi pishiriqdan qolgan xamirning bir qismi foydalaniladi.
E’tiborlisi shundaki, arman lavashi butun Yaqin Sharqda eng mashhur oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lib, kamdan-kam vaqtda mustaqil taom sifatida iste’mol qilinadi. Ko‘pincha uning ichiga go‘sht, guruch, turli salat va taomlarni o‘raydilar. Uni stolga kichikkina dasturxon sifatida tortib, ustiga boshqa taomlarni joylashtirish va qo‘l artish mumkin bo‘lgan hollar ham uchrab turadi. Ushbu nonning asosiy afzalligi shundaki, u ochiq havoda saqlanganda tezda quriydi va juda ko‘p vaqt mobaynida saqlana oladi.
Arman lavashining tarkibida xamirturush, shakar, yog‘lar yoki tuxum yo‘qligini inobatga olganda, uni eng parhezli non desak bo‘ladi.