Русский
O'zbekcha
English

 

Kompaniya haqida

Asosiy faoliyat turi “Arman lavashi” non mahsulotini ishlab chiqarish va sotishdan iborat. Kompaniyamiz iste’molchilarni yuqori sifatli, foydali mahsulot bilan ta’minlagan holda, ularning barcha talablarini qondirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shuning uchun “Arman lavashi”ni ishlab chiqarishda biz faqat tabiiy mahsulotlardan foydalanib, xamirturush, ko‘pirtiruvchi, non pishirishda ta’mni yaxshilovchilarni qo‘shmaymiz. Biz an’anaviy “Arman lavashi”ni yetakchi armanistonlik mutaxassislar tomonidan bizga taqdim etilgan qadimgi retseptlar va qo‘l mehnatiga asoslangan an’anaviy texnologiyadan foydalangan holda pishiramiz. Hozirgi kunda “VERIF” MChJ O‘zbekistonda “Arman lavashi”ni ishlab chiqarish bo‘yicha yaxshi tanilgan korxona bo‘lib, ko‘p millatli iste’mol bozorini mo‘ljal qilgan. Zamonaviy ishlab chiqarishga qadimgi retsepturalar va pishirish usullarini joriy qilish uchun yangi samarali texnologik yechimlarni doimiy izlash ishlari samarasi sifatida mahsulotimiz keng ko‘lamli iste’molchilar orasida juda mashhur bo‘lib, raqobat bozorida o‘z hurmatiga ega.

Buyurtmalar 8:00 dan 20:00 gacha qabul qilinadi.